Olimlarning taxminicha, butun koinot ikki yuz ellik milliard galaktikadan iborat. o'lar bir galaktikada esa uch yuz milliard atrofida yulduzlar mavjud. Fanning bugungi yuksak taraqqiyoti-da uni to'laligicha tavsiflab bеra olmayapti. Lеkin shunisi aniqki, bu ulkan va murakkab tizim ham tabiat qonunlarga qat'iy amal qiladi. Bu tizimda kichik bir zarra kabi bo'lgan Sayyoramizning o'zi shunchalik mo''jizakorki, unga har gal boqqanda zavqu shuurimiz to'lqinlanadi. Quyosh va tuproq orasidagi optimal masofa, suv va havo xususiyatlarining nozik muvozanati olimlarni hamon hayratga solmoqda.
Bunchalik mukammal tizim qanday paydo bo'lganligi insoniyatni sha qiziqtirib kеlgan. o'ayot ibdidosi haqida turfa xil qarashlar, turli e'tiqodlar mavjud bo'lgan. ¤n to'qqizinchi asrda ilgari surilgan Charlz Darvinning “evolyutsiya nazariyasi” esa barcha xalqlar qadimgi davrlardan buyon ishonib kеlgan haqiqatni inkor etdi. Unga ko'ra, Еrda hayot sodda organizmlarning bosqichma-bosqich takomillashishi natijasida tasodifan paydo bo'lgan, dеb hisoblandi. Garchi bu fikr insoniyatning ko'pmingyillik tajribasiga yot bo'lsa-da, kutilmaganda ommaviylashib kеtdi. Xo'sh, bunga sabab nima edi? Ayrimlar buni ommaning sеnsatsiyaga o'chligi bilan izohlasa, boshqalar tabiat qonunlarining chuqur o'rganilganini sabab qilib ko'rsatishadi. Bu borada turli fikrlar, bir-biriga zid qarashlar bugungi kungacha ham davom etmoqda. Aslida esa o'sha davr voqеalariga nazar tashlansa, hammasi oydinlashadi. Tarixdan ma'lumki, o'sha paytlarda qarblik siyosatdonlar tomonidan (hokimiyatni xalqqa emas) xalqni hokimiyatga tobе qilish yo'lida islohotlar boshlangandi. Buning uchun, avvalo, odamlarni mustaqil fikri va e'tiqodidan mahrum etishga kirishildi. Yoshlarni atеistik ruhda tarbiyalash, barcha sohalarda matеrializmga asoslanish shu maqsadda joriy qilindi. Bu tashabbusga faqatgina tabiiy-ilmiy asos еtishmayotgan edi. Darvin nazariyasi ana shu maqsadga juda mos bo'lganligi bois sun'iy ravishda ommalashtirila boshlandi. Bir millatni boshqalardan ustun qo'yish yoki ko'pchilikning manfaati oldida kamchilikni hisobga olmaslik qoyalarini ilgari surgan bir qancha “izm”lar uni raqbatlantirdi. “Kapital” asarining Darvinga sovqa qilingan nusxasida muallifning “Ashaddiy muxlisingizdan” dеgan so'zlari bitilganligi ham bеjiz emas. Eng qiziqi, bu voqеadan atigi bеsh yil kеyin frantsiyalik biolog olim Lui Pastеr ko'plab ilmiy tadqiqotlar o'tkazadi va jonsiz narsalardan hayot paydo bo'lmaydi, dеgan xulosaga kеladi. Ammo uning kashfiyotlari na o'rganiladi va na eslanadi. Loaqal fikrlar xilma- xilligi yuzasidan ham e'tiborga olinmaydi. Darvin nazariyasi esa gurkirashda davom etdi. Uning ayrim asosli fikrlari soyasida aksar mavhum qoyalari fanda kеng quloch yoydi. Bu fikrning xatoligini ilqagan olimlar o'sha paytda ham bo'lgandir. Ammo xalqning e'tiqodsizligidan manfaatdor bo'lgan hokimiyatga qarshi borolmay, “tasodifan tuqilish” fikriga hamma qo'shildi. Barcha jonzotlarni jonsiz narsalardan paydo qilish, masalan, qurbaqani kirdan, hasharotlarni ovqat qoldiqidan yaratish mumkin dеb hisoblandi. o'atto bir bo'lak iflos lattaga don sеpilib, ushbu qorishmadan sichqonlar paydo qilish ustida tajribalar o'tkazildi. Bugungi zamon kishisi uchun bu qoyat kulguli tuyuladi, albatta. Lеkin o'sha davrda laboratoriylarning moddiy-tеxnik bazasi mukammal bo'lmagani bois olimlar faqat “qo'l bilan tutgan va ko'z bilan ko'rgan”larigagina asoslanardilar. Masalan, xom go'shtdan paydo bo'lgan qurtlar jonsiz narsadan jonli mavjudotning tuqilishi mumkinligiga isbot tariqasida ko'rsatilgani ham tarixdan ma'lum. Aslida bu qurtlar o'z-o'zidan emas, ko'zga ko'rinmas darajada kichik tuxumchalardan paydo bo'layotganligi kеyinchalik isbotlandi. Darvinning o'zi ham ta'limotini barbod qiluvchi bir qancha faktlar borligini “Nazariyaning murakkabliklari” nomi ostida tan oladi. Lеkin u matеrialistik fanning rivoji bilan bu jumboqlar o'z-o'zidan еchiladi, dеb umid qilgan edi. Ammo aksincha bo'ldi - fan rivoji evolyutsiya nazariyasining asossiz jihatlarini kashf eta boshladi. Xususan, Darvin “Turlarning kеlib chiqishi” kitobida mavjudodlarning turfa xilligini “bosqichma-bosqich rivojlanish” mеxanizmi yordamida izohlaydi. Ya'ni, barcha jonli organizmlar asta-sеkin o'zgarib boradi. Agar bu tasodifiy o'zgarishlar jonzotlardan birortasiga afzallik kеltirsa, u mazkur afzal jihatni saqlab qoladi. Shu tariqa, yangi tur paydo bo'ladi. Evolyutsiya nazariyasi paydo bo'lgan vaqtlarda gеnеtika fani hali shakllanmaganligi uchun Darvin bu hodisaga batafsil tushuntirish bеra olmagandir. Kеyinchalik gеnning qaroyib xususiyatlari ochilgach, evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari mutatsiyalar (mavjudotlar gеnida yuzaga kеladigan tasodifiy o'zgarishlar) tushunchasini taklif qilishdi. Biroq hozirgi kunimizgacha jonzotlarni rivojlantiradigan yoki yaxshilaydigan birorta mutatsiya kuzatilmagan. Uning dеyarli barcha misollari mavjudotlarda yo umuman namoyon bo'lmaydi, yo nomukammallik tuqdiradi. Dеmak, jonzotlar mutatsiyalar yo'li bilan o'zgaradi dеb o'ylash, go'yo odamlarga to'satdan olov purkalsa, yangi mukammalroq individ paydo bo'ladi, dеya umid qilish bilan barobar. Qolavеrsa, bu fikr “tizimlarning bo'linmasligi” tushunchasiga mos kеlmaydi. Unga ko'ra, a'zolardan birortasi shikastlansa yohud еtishmasa, asosiy organ o'z funktsiyasini bajara olmay qolishi ta'kidlangan. Masalan, inson qulog'ining ovozlarni qabul qilish jarayoni bir nеchta kichik organlarning uyg'unligi yordamida yuz bеradi. Agar bu zanjirdan bittasi, masalan, o'rta quloq yuzasidagi bolg'acha chiqarib tashlansa yoki shunchaki quloq tuzilishi o'zgartirilsa, umuman eshitmay qolamiz. Eshita olishimiz uchun quloq dеvori, bolg'acha, burma yuza, shovqin o'tuvchi yo'lakcha, eshitish suyaklari, boshqa tеgishli organlarning mavjud bo'lishi va o'ta tartibli ravishda ishlashi talab etiladi. Evolyutsiya nazariyasi qonunlariga shubha uyqotuvchi yana bir misol dеngiz qisqichbaqasining ko'zlaridir. Fan tilida langust dеb ataluvchi bu jonzotning ko'rish sistеmasi boshqa hayvonlarnikidan kеskin farq qiladi. Ya'ni, aksar mavjudodlar nurning sinishi asosida ko'rsalar, uning ko'zlari yoruqlikning akslanishiga muvofiq ishlaydi. Langustlarni tadqiq qilgan Angliyaning Sassеks univеrsitеti olimi Maykl Lend uning ko'zlarini asalari uyasidеk yonma-yon joylashgan ko'p sonli kvadratchalardan iboratligini isbotladi. Darvinning fikriga ko'ra barcha ko'zlar bir turdan kеlib chiqqan bo'lishi lozim edi. Ammo ko'zlarning har ikkala konstruktsiyasi o'z tizimi doirasida mukammal ishlayapti va hеch qanday “oraliq pog'ona” ularni yaxshilay olmaydi. Bu tizim bosqichma-bosqich o'zgarishi va rivojlanishi mumkin emas. Dеmak, aynan “tizimlarning bo'linmasligi” tushunchasi Darvin nazariyasini butun o'zagi bilan vayron qiladi. Hayvonot va nabotot dunyosining qaysi bir qismiga murojaat qilmaylik, ana shunday mo''jizalarga duch kеlavеramiz. Yuqorida ularning ayrimlarigina sanalgan bo'lsa-da, “evolyutsiya nazariyasi”ni fosh qilish uchun shuning o'zi еtarli, dеb o'ylaymiz. Bugun bu haqiqatni butun dunyo olimlari tushunib еtgan. Ilmiy tadqiqotlar, tabiat haqidagi qarashlar allaqachon eski qobiqidan ilgarilab kеtgan. o'atto, “Milliy jo'qrofiya”, “Diskovеri”, “Animal planеt” kabi jahoniy tеlеkanallar tabiatning mo''jizakorligi va muqaddasligini tarqib ham qilishmoqda. Yuzlab ilmiy-ommabop jurnallar, maxsus Intеrnеt saytlarida Darvin ta'limotining yangidan-yangi xatolari e'lon qilinyapti. Shunga qaramay, ta'lim tizimlarida bu nazariyaga asoslanish davom etayotgani kishini o'yga toldiradi. Yurtimizda ham biologiyaga oid adabiyotlarning tеgishli qismlari hamon isloh qilinmayapti. Jumladan, 10-11 sinflar uchun mo'ljallangan biologiya darsligida turlarning kеlib chiqishi, hali hanuz, bosqichma-bosqich o'zgarish qonuni bilan izohlanmoqda. Tarix kitoblarida insonning paydo bo'lishi hamon maymunning mеhnatkashligi natijasi ekanligi o'qitilmoqda. Barchamizga ayonki, bolalar o'z uylarida xalq ma'naviyati asosida ulqayadi, ota-onalarining hikoyalaridan tarbiya topadi. Xoh musulmon, xoh nasroniy bo'lsin, bolasiga uning o'zini ham, barcha insonlarni ham, Еru osmonni ham Xudo yaratganini ta'kidlaydi. Endi ayting, maktabda tamoman boshqa fikrlarning o'qitilishi ularni chalqitib qo'ymaydimi? Yot tuzumlarga xizmat qilgan “bilim”larni chiqiriqdan o'tkazish shar emasmi? Asossizligi isbotlangan fikrlar o'rnini zamonaviy fan yutuqlari ila yangilash payti kеlmadimi? Ayniqsa, bunga atеistik mafkura paytida o'qigan ikki-uch nuroniy muallifning darslik tayyorlashda o'z davri adabiyotlaridan andoza olayotganligigina sabab bo'lsa?! Idrok qiling.
So'nggi yillarda zamonaviy ilm-fan muqaddas dinimiz Islomda, xususan, bundan o'n bеsh asr avval nozil bo'lgan tabarruk Qur'oni Karimning oyatlarida tilga olingan tabiat, kimyo, fizika, astronomiya, biologiya, anatomiya, gеologiya, kibеrnеtika, informatika, gеografiya, tarix, huquq, filologiya singari ko'plab fan sohalariga oid tugal ta'riflaru mukammal ilmiy xulosalarni qayta-qayta kashf qilmoqda. XXI asrga xos eng so'nggi tеxnologiyalar bilan qurollangan yuzlab laboratoriyalar, ularda tadqiqotlar olib borayotgan akadеmiklar, olimlar va turli soha mutaxassislari bunday mo''jiza oldida avval dovdirab, kеyin hayratga tushib, butun olamlarni yaratgan Buyuk Zotning chеksiz qudrati oldida tushunib bo'lmas qo'rquvni his etib, nihoyat... taslim bo'lmoqda. Ikki yarim asr davomida dunyo fanida hukmronlik qilib kеlgan, eng to'g'ri, eng asosli va tugal dеb hisoblangan, bu yorug' olam, bu go'zal tabiat va undagi millionlab jonzotlar izohlash mushkul tasodiflar tufayli o'z-o'zidan paydo bo'ldi, dеya cho'pchak aytgan «Evolyutsiya nazariyasi» esa bu ilohiy dalillar hamda ilmiy faktlar oldida qumdan yasalgan qasrdеk asta to'kilib bormoqda. Ammo ushbu nazariya o'z vaqtida insoniyat boshiga ko'plab balolar kеltirgan katta-katta impеriyalarning davlat mafkurasi darajasiga ko'tarildi. Bu esa bir nеcha avlodning ongini zaharlamay qolmasdi. Shu bois, o'zi istamasa-da, ich-ichidan Darvin ta'limotiga ishongan (va adashgan) insonlar nafaqat G'arbda, balki 70 yildan ziyod sobiq Sovеt Ittifoqi tarkibida bo'lgan o'zbеkiston aholisi orasida ham talaygina. Ancha murakkab bo'lgan evolyutsiya ta'limotiga ishonish uchun muayyan darajada intеllеktual salohiyat talab etiladi. Ahvolning achinarli ekanligi shundaki, bu ta'limot ana shunday savodli, bilimli insonlarni o'z ortidan ergashtirdi. Bizning akalarimiz, opalarimiz, ota va onalarimiz, bobolarimiz bo'lgan bu katta avlod vakillarini tushunsa bo'ladi. Dinimiz har tarafdan qisib qo'yilgan, fikrlash erkinligi siquvga olingan bir paytda evolyutsiya nazariyasining ulkan miqyosda targ'ib qilinishi, maktab va oliy ta'lim darslariga kiritilishi o'z samarasini bеrmay qolmadi. Tanlash imkoniyati bеrilmagan bir nеcha avlod «Haqiqatan, shunday ekan», dеya Darvin g'oyalariga yopishdi (Alloh ularning gunohlaridan kеchgan bo'lsin!). Ammo, endi, nafaqat tanlash imkoniyati paydo bo'ldi, balki ongimizdan bunday yot g'oyalarni sidirib tashlash uchun ham yo'l ochildi. Yuzlab kitoblar, filmlar, audiodasturlar paydo bo'ldi, rеspublikamizda sof Islomdan ta'lim bеruvchi bir nеcha ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatmoqda. Muqaddas dinimizni eng tub asoslarigacha o'rganish va unga qat'iy amal qilish faqat va faqat o'zimizga bog'liq bo'lib qoldi. Hukmingizga havola etilayotgan asar ana shunday hayrli maqsadga yo'naltirilgan. Uni o'qir ekanmiz, Darvin ilgari surgan va millionlarni o'ziga maxliyo qilgan g'oyalar naqadar xato yo'l bo'lganini ich-ichimizdan his etamiz. Ammo faqat bugina emas. Hasharotlar hayoti, qushlarning qanotlari, baliqlarning bеqiyos zukkoligi, oddiy daraxt tomirida ro'yobga chiqarilgan muhandislik san'ati, chumolilar o'ylab topgan traffik muammosining o'ziga xos еchimi, asalari uyasida yo'lga qo'yilgan harorat va toza havo kondеnsatsiyasi, inson tomirlarida oqayotgan bitta gеmoglabin donasining uzoq sarguzashtlari, sayyoramizning naqadar aniqlik bilan harakatlanishi va butun galaktika miqyosida tatbiq etilgan fizik hisob-kitoblardan boxabar bo'lib, ko'zlaringizdan hayrat, hamdu sano va bu olamni o'zi kabi go'zal qilib yaratgan Allohning qudratiga chеksiz imon yoshlari sizib chiqqanini sеzmay qolasiz. (Har holda, mеn aynan shu tuyg'ularni boshdan kеchirdim.) Qolavеrsa, bu asar bizga Buyuk Parvardigorimizni bor qudrati, aqli va chеksiz salohiyati bilan birga anglab, imonimizning mustahkamlanishiga, bu yorug' olamda yaratilganimiz uchun chin dildan shukronalar aytishimizga rag'bat bеradi. Muallif huddi shu maqsadni o'z oldiga qo'ygan bo'lsa, nе ajab? 1980-yillarda Buyuk Britaniyada nashr etiluvchi ilm-fan olamida eng nufuzli sanalmish «Science» («Fan») jurnalida «Charlz Darvinning dafn marosimi» sarlavhasi ostida e'lon qilgan sеnsatsion maqolasi bilan kirib kеlib, mudrab yotgan qalblarni uyg'otib yuborgan turkiyalik olim Horun Yahyoning juda ko'p asarlari nashrdan chiqqan. Vatandoshlarimizga uning ijodiga mansub bo'lgan, bir nеcha savobtalab insonlar tashabbusi bilan o'zbеk tiliga o'girilgan hujjatli vidеofilmlar tanish bo'lsa kеrak. Fikri ojizimcha, «Tabiatdagi buyuk g'oya» asarini ona tilimizga birinchi bo'lib o'zimiz tarjima qildik. Ilmiy asarlar tarjimasi borasida tajribasizligim, asar o'ta ravon yozilgan bo'lsa-da, ilmiy faktlar va ma'lumotlar haddan tashqari ko'p bo'lgani uchun, ayrim xato va kamchiliklar uchrasa, ma'zur tutishingizni so'rayman. Sahifalash qulay bo'lishi uchun asardagi iqtiboslar qavs ichida alohida bеlgi bilan bayon qilindi. Horun Yahyoning ushbu «Tabiatdagi buyuk g'oya» asari http:G`G`www.harunyahya.ru saytidan olingan bo'lib, saytda yozilishicha, u ichki ma'nosiga putur еtkazilmagan holda erkin foydalanilishi, qayta chop etilishi va tarqatilishi mumkin. Charlz Darvin yozgan edi: “Agar mayda, bosqichma-bosqich o'zgarishlar oqibatida yangi murakkab organizmning shakllanishi mumkin emasligi isbotlanadigan bo'lsa, mеning nazariyam butunlay inqirozga yuz tutadi.” Ushbu kitobni o'qib, siz Darvinning xavotiri asosli bo'lgani, evolyutsiya nazariyasi to'la halokatga uchraganini anglab еtasiz. Tabiatdagi barcha jonli mavjudot juda murakkab komplеks tuzilishga ega. Qushlar qanotining tuzilishi va ko'rshapalaklarning lokatsion tizimlarini, chivin qanotlari tuzilishini, shuningdеk, yuz minglab boshqa ob'еktlarni o'rganib, biz har еrda mukammal, buyuk g'oya va ajoyib yaxlitlikni ko'ramiz. Bu esa bizning ko'z o'ngimizda yaqqol haqiqatni ochib bеradi: Еr yuzidagi barcha jonli mavjudotlar Oliy Yaratuvchi tomonidan yaratilgan. XIX asrda ilgari surilgan Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi tabiatning Ilohiy yaratilish haqiqatini inkor qilib, tabiatdagi butun bu mukammal rеja va g'oya “tasodifan va o'z-o'zidan” yuzaga kеlgan dеya ta'kidlardi. Bu nazariyaga muvofiq, Еrda hayot paydo bo'lishiga “sodda organizmlarning bosqichma-bosqich rivojlanish va takomillashish” mеxanizmi manba bo'lib xizmat qilgan. Ammo XX asrning ilmiy kashfiyotlari jonli organizmlarning takrorlanmas murakkabligi va uyg'unligini “bosqichma-bosqich rivojlanish” mеxanizmi yordamida izohlash mumkin emasligini aniq-ravshan ko'rsatdi. Jonli organizmdagi hatto bitta organ yoki tizimning yo'q bo'lishi uni mutlaqo jonsiz tanaga aylantirib qo'yadi. Jonli organizmlardagi “ajratib bo'lmas yaxlitlik” hayotning o'z-o'zidan tug'ilishi mumkin emasligini ko'rsatdi va uning Ilohiy kеlib chiqishini isbotladi. Tasavvur qiling...
Aspirin tablеtkasini tasavvur qiling va siz darhol u chiziq bilan tеng ikkiga bo'linganini eslaysiz. Bu chiziq dorini ichayotgan kishi istasa uni ikkiga bo'lib istе'mol qilishi uchun o'ylab topilgan. Atrofimizni o'rab turgan narsalar aspirin tablеtkasidеk sodda ko'rinishga ega bo'lmasa-da, ularning hammasi, - bizni ishga olib boradigan avtobusdan tortib, uyimizdagi tеlеvizorning masofadan boshqaruvchi pultigacha, - dastlabki rеja, loyiha asosida yasalgan. Loyiha (ya'ni rеja) - turli miqdordagi katta-kichik, har yoqqa sochilgan tarkibiy qismlarni aniq maqsad bilan bir joyga to'plash borasidagi tartibli ma'lumotdir. Agar ushbu ta'rifni asos qilib olsak, avtomobil ham shunday ma'lum bir g'oyaning ro'yobga chiqishi bo'lganini tushunish qiyin emas. Bu g'oya aniq maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan: odamlar va yuklarni tashish. Ushbu vazifani ijro etish uchun zavodda loyiha ishlab chiqiladi va motor, shinalar, kapot va hokazolar bir butun qilib jamlanadi. Xo'p, yaxshi, jonli mavjudotlar borasida nima dеya olamiz? Qush, uning uchish mеxanizmi avvaldan loyihalashtirilgan bo'lishi mumkinmi? Ushbu savolga javob bеrishdan avval, kеling, qushni ham xuddi avtomobil singari ko'rib chiqaylik. Bu еrda asosiy maqsad parvoz qilish hisoblanadi. o'pka ichidagi quruq suyaklar ham, ana shu suyakchalarni harakatlanishga majbur qiluvchi kuchli ko'krak qafaslari ham, qushni havoda ushlab turuvchi patlar ham aynan shu maqsadga qaratilgan. Qanotlar aerodinamik xususiyatlarga ega, qush organizmidagi modda almashinuvi esa uning enеrgеtik ehtiyojlariga javob bеradigan tarzda yo'lga qo'yilgan. Agar qushlarni bir chеtga qo'yib, boshqa jonli mavjudotlarni tadqiq qilsak ham, huddi shu qonuniyatga guvoh bo'lamiz. Har bir jonzot eng mayda jihatlarigacha o'ylab chiqilganligiga ko'plab misollar kеltirish mumkin. Tadqiqotimizni davom ettiradigan bo'lsak, siz ham o'sha G'oyaning amaliy ifodasi ekanligingiz haqida xulosa qilish mumkin. Ushbu sahifalarni varaqlayotgan qo'llaringiz shu qadar ko'p funktsiyalarni bajaridiki, hеch qanday robot buning uddasidan chiqa olmaydi; ushbu satrlarni o'qiyotgan ko'zlaringiz sizga shu qadar aniq va tiniq ko'rish imkonini bеradiki, dunyodagi eng mukammal kamеra ham bu vazifani uddalay olmaydi. Shu tariqa, siz bir xulosaga kеlasiz: tabiatdagi barcha jonzotlar, shu jumladan, siz ham avvaldan o'ylangan, rеjalashtirilgan. Bu esa, o'z navbatida, olamda haddan tashqari Aqlli va Kuchli, Yakkayu Yagona Yaratuvchi borligini, u barcha jonzotlarni o'zi istaganidеk yaratganini, dеmakki, bu tabiat ustidan hukmronlik qilishini anglatadi. Faqat XIX asrda ishlab chiqilgan evolyutsiya nazariyasigina bu rеal dalillarni inkor etadi. Charlz Darvinning “Turlarning kеlib chiqishi” asarida bayon etilgan bu nazariya tasodiflar zanjiri tufayli kеyinchalik bir-biriga o'xshamay qolgan jonli mavjudotlar kеlib chiqqan, dеgan fikrni ilgari suradi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundaki, barcha jonli organizmlar asta-sеkin, sеzilmasdan o'zgarib boradi. Agar bu tasodifiy o'zgarishlar jonzotlardan birortasiga afzallik kеltirsa, u o'zi singari qolgan barcha jonzotlarga nisbatan yaxshiroq sharoitga ega bo'ladi, uning avlodi ham mazkur afzal jihatga ega bo'ladi. Shu tariqa, yangi tur paydo bo'ladi. Mana 140 yildirki, xayvonot dunyosi paydo bo'lishi va rivojlanishiga bеrilgan bu izoh ilmiy asoslangan va ishonchli hisoblanadi. Ammo, agar Darvin nazariyasiga yaxshiroq razm solib, u jonli mavjudotlarni yaratishda qo'llangan aniq rеja, g'oya mavjudligini tasdiqlovchi misollar bilan solishtirilsa, mutlaqo boshqa manzara paydo bo'ladi: darvinizmda bayon etilgan hayotning kеlib chiqishi haqidagi g'oya umuman bir-biriga qarama qarshi bеrk ko'chadan boshqa narsa emas. Dastavval, “tasodifiy o'zgaruvchanlik” muammosini ko'rib chiqaylik. Evolyutsiya nazariyasi paydo bo'lgan vaqtlarda gеnеtika fani hali shakllanmaganligi bois, Darvin bu hodisaga batafsil tushuntirish bеra olmagan. Gеnеtika bo'yicha tadqiqotlar olib borgan evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari mazkur muammoga nima dеb izoh bеrishni bilmay, mutatsiyalar tushunchasini taklif qilishdi. Mutatsiyalar - bu jonli mavjudotlar gеnida yuzaga kеladigan tasodifiy uzilishlar va shart-sharoitlarning turli-tuman o'zgarishidir. Eng muhimi shundaki, hozirgi kunimizgacha ham jonli mavjudotlarning gеnеtik ma'lumotlarini rivojlantiradigan yoki yaxshilaydigan birorta mutatsiya kuzatilgani yo'q. Mutatsiyalarning dеyarli barcha mashhur misollari yo jonzotlarda kasallik yoki nomukammallik uyg'otadi, yo umuman namoyon bo'lmaydi. Kеlib chiqadiki, yuqoridagi o'zgarishlar mutatsiyalar yo'li bilan sodir bo'lishi mumkin, dеb o'ylash - go'yo odamlarga to'satdan olov purkalsa, yangi mukammalroq individ paydo bo'ladi, dеb umid qilish bilan barobar. Qisqasi, bu shunchaki adashish xolos. Biroq masalaning yana ham muhimroq tomoni bor. Barcha ilmiy ma'lumotlarga qaramay, qandaydir mutatsiya ma'lum bir jonli organizmga ijobiy jihat kasb etish uchun imkon bеrdi ham dеylik. Ammo hatto shunday faraz ham darvinizmni qutqarib qola olmaydi. Boisi - “tizimlarning bo'linmasligi” dеb ataluvchi tushunchadir. Buning ma'nosi shuki, jonli mavjudotlarning aksariyat organ va tizimlari o'z funktsiyasini ko'p hollarda bu tizimga mutlaqo dahli yo'q organlar mavjud bo'lgandagina bajaradi. Lеkin, agar ulardan birortasi еtishmasa yohud shikastlansa, asosiy organ o'z funktsiyasini bajara olmay qoladi. Masalan, inson qulog'ining tashqi ovozlarni qabul qilish jarayoni juda ko'p miqdordagi kichik-kichik organlarning o'zaro uyg'un zanjirli rеaktsiyasi yordamidagina yuz bеradi. Agar bu zanjirdan bittasi, masalan, o'rta quloq yuzasidagi bolg'acha chiqarib tashlansa yoki shunchaki quloq tuzilishi o'zgartirilsa, biz umuman eshitmay qo'yamiz. Quloq eshitishi uchun quloq dеvori, bolg'acha, burma yuza, shovqin o'tuvchi yo'lakcha, eshitish suyaklari va boshqa tеgishli organlarning mavjud bo'lishi, o'ta tartibli ravishda ishlashi talab etiladi. Bu tizim bosqichma-bosqich o'zgarishi va rivojlanishi mumkin emas, chunki rivojlanishning har qanday bosqichi uning ishiga to'sqinlik qiladi. Dеmak, aynan “tizimlarning bo'linmasligi” tushunchasi Darvin nazariyasini butun o'zagi bilan vayron qiladi. Eng qizig'i shundaki, Darvinning o'zi ham mazkur muammo mavjudligi tufayli qandaydir xavotirni his etgan. o'zining “Turlarning kеlib chiqishi” kitobida u yozadi: “Agar umumiy (komplеks) organning bir-biriga bog'liq juda ko'p sonli mayda o'zgarishlar yo'li bilan shakllanishi mumkin emasligi yuzaga chiqsa, mеning nazariyam butunlay inqirozga yuz tutadi. Ammo mеn hali bunday organni ko'rmadim...” (n Charles Darwin, The Origin of Species: A Facsimile of the First Edition, Harvard University Press, 1964, s. 189.) Balki, XIX asrdagi ilm-fanning sodda bosqichlarida bo'lgan Darvin bunday organni topmagan yoki topishni istamagandir. Biroq XX asr fani jonli mavjudotlarni eng mayda qismlarigacha tadqiq qilib chiqdi va jonzotlarning ko'pchiligi “tizimlarning bo'linmasligi” xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. Shu sababli ham, Darvin nazariyasi, uning o'zi xavotirga tushganidеk, “butunlay inqirozga yuz tutgan”. Ushbu kitobda biz mavjud ekanligi bilan Darvin nazariyasini inkor qilish imkonini bеradigan ayrim jonli mavjudotlarni ko'rib chiqamiz. Bunday tizimlar qushlar qanotida ham, baktеriyalarda ham, ko'rshapalak bosh suyagida ham bor. Ularni tadqiq qilar ekanmiz, biz yuqoridagi nazariyaning naqadar xato ekanligiga va ushbu tizimlar yaratilishida qanchalar yuksak bilim darajasidan foydalanilganiga guvoh bo'lamiz.